“Nur — bu chiroq yoki quyosh emas. Bu rassom ichida tug‘iladigan va tomoshabinga yetkaziladigan bilimdir. Shakl — tartib va tuzilma, Hayot esa ularning o‘rtasidagi harakat, har bir tuvaldagi yashirin tebranishdir. Tomoshabin buni ko‘rmasligi mumkin, ammo yurak bilan sezadi", - deydi Sattorov.
”Sattorov bugungi o‘zbek san’atining yangi to‘lqinini ifodalaydi. U an’anani saqlagan holda, uni zamonaviy ifoda vositalari orqali yangilaydi. Rassom uchun san’at – bu so‘zsiz suhbat, tomoshabin bilan yurakdan yurakka o‘tadigan muloqotdir. Kelajakda unga yangi badiiy kashfiyotlar, yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz. Chunki Nur, Shakl va Hayot uning asarlarida davom etmoqda — tomoshabin qalbini yoritishda”, —dedi O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Ibrohim Valixo‘jayev.