Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida “yashil do‘stlik belbog‘i” yaratilishi mumkin

Ushbu loyiha cho‘llanishga qarshi kurashish va barqaror ekotizim yaratishga qaratilgan
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qirg‘iziston rasmiylari o‘rmon massivlarini tiklash va cho‘llanishga qarshi kurashish maqsadida Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasi bo‘ylab "yashil do‘stlik belbog‘i" barpo etishni taklif etdi.
Bu tashabbus Jalolobod viloyatining Manas shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shma qirg‘iz–o‘zbek suv xo‘jaligi komissiyasining yettinchi yig‘ilishi davomida ilgari surildi.
Uchrashuvda ikki davlat delegatsiyalari suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv-energetika xavfsizligini ta’minlash hamda mintaqaviy rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, qirg‘iz tomoni chegara hududlarida tomchilatib va avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlarini joriy etish, hamda suv-energetika sohasida davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi