Xitoydan Toshkentga 26 ta yangi elektrobus yo‘l oldi

Gansu viloyatidan O‘zbekistonga 26 ta yangi elektrobus yo‘lga chiqdi. Ularning har biri bitta zaradda 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Xitoyning Gansu viloyatida ishlab chiqarilgan 26 ta yangi elektrobus partiyasi Toshkentga jo‘natildi. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Elektrobuslar Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co., Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonga taxminan 10 kun ichida yetkazilishi kutilmoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, transport vositalari kompaniya muhandislari ishlab chiqqan toza elektr yuritma tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bitta zaradda 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘ta oladi.
Elektrobuslar minus 30°S dan plyus 50°S gacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitida ham barqaror harakatlana oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda yetkazib berilgan 14 ta elektrobus O‘zbekistonda foydalanishga topshirilib, buyurtmachilar va yo‘lovchilar tomonidan ijobiy baholangan.
Xitoydan Toshkentga 100 ta elektrobus jo‘natildi