TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga 300 million AQSh dollari miqdorida siyotatga asoslangan qarzni (PBL) ma’qulladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu mablag‘ Hukumatning moliyaviy xizmatlardan yetarlicha foydalanolmayotgan mikro, kichik va o‘rta korxonalarni, ayniqsa ayollar rahbarligidagi bizneslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mamlakatda mikromoliya sektorini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilmoqda.
Mablag‘ning 100 million dollari imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Dastur mikrokreditlar limitini oshirish, mikromoliya qoidalarini takomillashtirish, ayol tadbirkorlarni moliyalashtirishni rag‘batlantirish, islomiy mikromoliya tizimini joriy etish hamda moliya bozorida mas’uliyatli kreditlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston 1995-yilda OTBga a’zo bo‘lgan va shu vaqtdan buyon mamlakat ushbu tashkilotdan 14,6 milliard dollarlik moliyaviy yordam va grantlar olgan.
OTB — Osiyo va Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro moliya banki bo‘lib, uning asosiy aksiyadorlari AQSh, Yaponiya va Xitoy hisoblanadi.