TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Krasnoarmeysk va Dimitrov hududida qurshovga tushib qolgan Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari Rossiya qo‘shinlari hujumiga dosh berolmay, taslim bo‘lib, asirga tushmoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin VGTRKga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Garchi dushman qurshovdan chiqish va qarshi hujum uyushtirish uchun ko‘p urinib, bu haqda juda balandparvoz bayonotlar bersa ham, bizning yigitlar nima qilishni yaxshi bilishadi va o‘z ishini yetarlicha puxta amalga oshirmoqda. Qo‘mondonlik strategiyani aniq belgilab olgan. Biz ko‘rmoqdamizki, hududni qamrab olish yetarlicha ustalik bilan amalga oshirilgan, dushman esa deyarli qurshovda qolgan holda bosimga to‘liq chidamay, taslim bo‘lib, asirga tushayotganini ko‘rmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Krasnoarmeysk–Dimitrov aglomeratsiyasi hozirgi kunda front chizig‘idagi eng qaynoq nuqtalardan biri hisoblanadi. U ta’kidladiki, DXR ma’muriyatining diqqat markazida ozod etilayotgan hududlardagi tinch aholini zarur yordam bilan ta’minlash vazifasi turibdi.
UQK qurshab olinishi
Oktabr oyi oxiriga kelib “Markaz” guruhi Krasnoarmeysk va Dimitrov hududida Ukraina qo‘shinlarini qurshab olish operatsiyasini yakunladi.
Dimitrov va Krasnoarmeysk birgalikda bitta shahar aglomeratsiyasini tashkil qiladi.
Bu hudud Ukraina QKning Donbassdagi eng muhim transport markazlaridan biri bo‘lib, u yer orqali Konstantinovka va Chasov Yar tomoniga ta’minot va qo‘shimcha kuchlar yetkazib berishning asosiy qismi o‘tgan. Shuningdek, u Selidovoga o‘q-dorilar yetkazib berishda ham muhim rol o‘ynagan.
Krasnoarmeysk esa DXRdagi butun front uchastkasida Ukraina mudofaasining asosiy nuqtasi sifatida qaralgan.