TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Saudiya Arabistonida davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kun bahslarida O‘zbekiston atletlari jami 15 ta medal — 3 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, −65 kg)
Shahzodxo‘ja Sharipov (dzudo, −90 kg)
Muzaffarbek To‘raboyev (dzudo, +100 kg)
Kumush medallar:
Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, ikki kurash, −65 kg)
Nigora Abdullayeva (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash, −58 kg)
Xurshida Razzoqberdiyeva (dzudo, −70 kg)
Diyorbek Ro‘zmetov (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, −71 kg)
Irisxon Qurbonboyeva (dzudo, +78 kg)
Bronza medallar:
Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, −65 kg)
Uzukjamol Yunusova (boks, −54 kg)
Zilola Yusufova (boks, −51 kg)
Marjona Ko‘chimova (dzudo, −78 kg)
Alisher Yusupov (dzudo, +100 kg)