Novosibirsk klinikalari O‘zbekistonda vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda

Novosibirsk xususiy klinikalari delegatsiyasi Toshkentda tibbiyot hamkorligi va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Toshkentga Novosibirsk shahridagi xususiy tibbiyot tashkilotlari va klinikalari vakillaridan iborat biznes-missiya tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, O‘zbekiston Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining uchinchi klinikasi, Hamshiralar akademiyasi hamda “AKFA Medline” va “Ezgu Niyat” xususiy klinikalarida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda Novosibirsk delegatsiyasi O‘zbekistonning xirurgiya, reproduktologiya, ginekologiya, EKO, onkologiya va kardiojarrohlik sohalaridagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishdi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda Novosibirsk klinikalari vakolatxonalarini ochish va Rossiyadan keladigan bemorlarni mamlakat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yuborish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Biznes-missiya ishtirokchilari Toshkentdagi 17-Xalqaro “UzMedExpo-2025” ko‘rgazmasi doirasida “Chirchiq” texnoparkiga tashrif buyurib, u yerda Rossiyaning “Zdravmedtex-Aziya” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi