TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlarining “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Ribnoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Vostok” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasini yorib o‘tib, Zaporojye viloyatidagi Ribnoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotga ko‘ra, 36-gvardiya armiyasiga qarashli 37-gvardiya motoo‘qchi brigadasi Yanchur darosidan o‘tib, ikki kvadrat kilometrdan ortiq mudofaa hududini nazoratga olgan.
Aytilishicha, dushman dronlarining o‘qqa tutishi va qattiq qarshiligiga qaramay, Rossiya harbiy xizmatchilari suv to‘sig‘ini kesib o‘tib, aholi punktini tozalash jarayonida yuqori jangovar tayyorgarlikni namoyish etgan.