TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Yevroosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasining bosh qarorgohi ochildi.
2009 yilda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston tomonidan tashkil etilgan jamg‘arma 8,5 milliard dollarlik mintaqaviy moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchukning ta’kidlashicha, jamg‘arma energetika, transport va logistika kabi sohalarda yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda va yuqori xalqaro obro‘ga ega.
Ofisning Ostonada ochilishi jamg‘armani mustaqil xalqaro moliyaviy tashkilot sifatida rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi.