TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Uspenovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qishloqni hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi ichkarisiga kirib borishni davom etgan “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari ozod qilgan.
“Zaporojye viloyatidagi Uspenovka aholi punktini ozod qilishni yakunlashdi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, Uspenovka aholi soni bo‘yicha Gulyaypole tumanining ikkinchi aholi punkti va Uspenovka plasdarmidagi eng yirigi bo‘ladi.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov harbiylarni Uspenovka ozod qilganlik bilan tabrikladi.