Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Mirziyoyev Tramp Ukraina mojarosiga barham bera olishiga ishonch bildirdi

Mirziyeyovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Trampni tinchlik prezidenti deb atashadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni to‘xtata olishiga umid bildirdi. Bunday fikrni Mirziyoyev Vashingtondagi Oq uyda Markaziy Osiyo va AQSh rahbarlarining C5+1 sammitida so‘zlagan nutqida bildirdi.
O‘zbekiston yetakchisi Trampning xalqaro barqarorlikka qo‘shgan hissasi O‘zbekistonda e’tirof etilganini ta’kidladi.
“Men sizga avval ham aytganman: O‘zbekistonda sizni tinchlik prezidenti deb atashadi. Siz juda ko‘p ish qildingiz — sakkizta urushni to‘xtata oldingiz. Va ishonchim komilki, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni faqat siz to‘xtata olasiz. Biz bunga juda umid qilamiz”, — dedi Mirziyoyev.
6 noyabr kuni Vashingtonda “Markaziy Osiyo-AQSh” sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev qatnashib, qator takliflarni bildirdi.
Mirziyoyev Vashingtondagi “Markaziy Osiyo-AQSh” sammitida qanday takliflarni bildirdi