AQShga javoban: Putin yadro sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini ishlab chiqishni topshirdi

Vladimir Putin yadro sinovlariga tayyorgarlik bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. Bu AQShning yadroviy sinovlarni qayta boshlashi ehtimoli bilan bog‘liq.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan o‘tkazgan tezkor yig‘ilishda yadro quroli sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash haqida topshiriq berdi.
Yig‘ilishda AQShning yadroviy sinovlarni qayta boshlashi mumkinligiga doir ma’lumotlar muhokama qilindi.
Putin Rossiyaning yadroviy sinovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiqligini tasdiqladi. Biroq shartnoma ishtirokchilari tomonidan bunday sinovlar o‘tkazilsa, Rossiya mutanosib javob choralarini ko‘rishi lozimligini qayd etdi.
Muhokamalar yakunida Rossiya rahbari ushbu masala yuzasidan tegishli idoralarga topshiriq berdi.

“Shu munosabat bilan tegishli idoralarga mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot to‘plash, ularni Xavfsizlik kengashi maydonchasida tahlil qilish va yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni boshlash mumkinligi to‘g‘risida kelishilgan takliflar kiritish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni topshiraman”, - dedi Putin.

Putin: Rossiya yadroviy salohiyatini rivojlantirmoqda va hech kimga tahdid solmayapti