TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Kupansk yaqin hafta davomida ozod qilinadi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Qurolli kuchlari hujumchi otradining “Lavrik” chaqiruv belgisi bo‘lgan komandiri ma’lum qildi.
“Ishonchim komilki, yaqin hafta ichida shahar to‘liq ozod qilinadi. Hammaning kayfiyati jangovar, vazifani bajaramiz”, - dedi harbiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar shaharda Oskor daroning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab olg‘a harakat qilmoqda. 130 taga yaqin binoni ozod qilish qolgan, xolos.
26 oktabr kuni Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga “G‘arb” qo‘shinlari guruhi Oskol darosi orqali kechish o‘tishni o‘z qo‘liga olgani va Kupanskni qurshovga olganini ma’lum qilgan edi.
Kupansk – Ukraina armiyasi mudofaasi uchun Xarkov viloyatining sharqiy qismidagi asosiy shaharlardan biri. Shahar uni ikki qismga ajratuvchi Oskol darosi ustida joylashgan. Shaharning ozod qilinishi Oskolni kechib o‘tib, Xarkov viloyatining g‘arb tomoni sari olg‘a borish imkoniyatini beradi.