Turkiya kompaniyasi Farg‘onada sanoat hududini tashkil etadi

Kelishuvga ko‘ra, Quva tumanida 350 million dollarlik “Turk maxsus sanoat zonasi” tashkil etiladi hamda 10 million dollarlik zargarlik loyihasi amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimligi va “Heyal Holding” kompaniyasi o‘rtasida Quva tumanida qiymati 350 million dollarlik maxsus sanoat hududini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, hokimlik va ADK Group Elektrik San kompaniyasi o‘rtasida 10 mln dollarlik zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasida hamkorlikka kelishildi.
Hujjatlar Istanbulda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning turk biznes vakillari bilan uchrashuvi doirasida imzolandi. Uchrashuvda sanoat, avtomobilsozlik, energetika, qurilish, AT, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, turizm va kinematografiya sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, “Aktiv Group”, “Aydin Gold”, “Smtr Group”, “Seyhan Ambalaj Makina” va “Cabani Shoes” kabi kompaniyalar Farg‘onada yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Toshkentda yangi sanoat zonasi va tezkor avtobus tizimi — prezident taqdimot bilan tanishdi