O‘zbekiston va YeOII

YeOII va BAA dengiz orqali tashishlarni rivojlantirishni muhokama qilmoqda

Vazirlar logistika sohasidagi hamkorlik va transport yo‘laklarini yaratish masalalari Abu-Dabida muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasida 2025-yilda imzolangan Iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim YeOII – BAA formatida strategik sheriklik va ishlarni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor yaratmoqda, dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev.
Abu-Dabidagi ADIPEC energetika forumi doirasida Kojoshev BAA energetika vaziri Suhayl Muhammad al Mazrui bilan uchrashdi.
YeIK vazirining ta’kidlashicha, bunday sheriklikning eng muhim ustuvor vazifalari logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro transport yo‘laklari, raqamli transport yo‘laklari va klasterlarini yaratishdir.
Uchrashuvda vazirlar “Shimol-Janub” yo‘lagining ahamiyati ortib borayotgani hamda BAA portlariga va ortga, YeOII mamlakatlariga dengiz orqali tashish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.
Kojoshev “AD Ports Group” va YeIK o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzolash haqida ham gapirdi.
“Bu bizning transport sohasidagi to‘liq hamkorligimizni, jumladan, elektron hujjat aylanmasidan foydalanishni tezlashtirish, ilg‘or raqamli tizimlarni yaratish va ularni uchinchi mamlakatlar tizimlari bilan integratsiya qilishni boshlaydi”, - dedi YeIK vaziri.
Shuningdek, tomonlar YeIK va BAA o‘rtasida muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va iqlim kun tartibi bo‘yicha tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni almashish masalalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston va YeOII
Davidov: bojxonada joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar YeOIIda savdoni jadallashtiradi