Tibbiy yordam: davlat va nodavlat muassasalari uchun yangi tartib joriy etildi

Davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida aholiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi yangicha mexanizmlar asosida tashkil etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekistonda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan mazkur masala bo‘yicha nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, yo‘llanma asosida quyidagi hollarda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
tuman (shahar) va hududiy darajalarda – aholining barcha toifalariga;
respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.
Tibbiy yordam olish uchun bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi. Oilaviy shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, zarurat bo‘lsa, tor mutaxassisga yo‘naltiriladi.
Tor soha mutaxassisi tomonidan bemorlar 1 ish kunida amaldagi klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlariga muvofiq ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Bemorlarga statsionar sharoitda tibbiy yordam olishga ko‘rsatma bo‘lganda, tor soha mutaxassisi yoki oilaviy shifokor tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasasida rejali statsionar tibbiy yordam olish uchun axborot tizimi orqali yo‘llanma beriladi.
Bemor ma’lumotlari respublika darajasidagi yo‘nalish bo‘yicha tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan o‘rganiladi va natijasi bo‘yicha 2 ish kunida elektron axborot tizimi orqali xulosa beriladi.
Kam uchraydigan va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatiladi