TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Dunyodagi eng yirik import ko‘rgazmasi — "China International Import Expo" O‘zbekiston milliy pavilonida to‘qimachilik va hunarmandchilik mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, turizm va madaniyat yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma Xitoy Savdo vazirligi va Shanxay shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlash va innovatsion mahsulotlarni Xitoy bozoriga olib kirishdir.
CIIE — faqat importga ixtisoslashgan yagona xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. Joriy yilgi tadbirda 150 tadan ortiq davlat va mintaqadan 3 400 tadan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda. Texnika, avtomobilsozlik, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat kabi yo‘nalishlardagi zamonaviy ishlanmalar ham keng namoyish etilmoqda.