TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda prezidentning PQ–322-sonli qarorida belgilandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.
Shuningdek, qarorga ko‘ra 2025-yil 1-noyabrdan 2030-yil 31-dekabrgacha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan belgilangan yo‘nalish va shartlar bo‘yicha tadbirkorlarga quyidagilar qoplab beriladi:
— Markaziy bank asosiy stavkasining 2 barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha bo‘lgan qismi (ya’ni, hozirda 18 foizdan 24 foizgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi, tadbirkor faqat 18 foizini to‘laydi);
— xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi (ya’ni, kredit foizi 8 foizdan 12 foizgacha bo‘lgan taqdirda ham tadbirkor faqat 8 foizigacha to‘laydi).
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi subyektlarga mahsulot yetishtirishda sug‘orish tadbirlari uchun o‘z balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foiz qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi