“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi — prezident qarori

Mukofot doirasida har yil 7 yo‘nalishdagi g‘oliblar 10 ming dollar va statuetka bilan taqdirlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekistonda har yili yettita yo‘nalishda topshiriladigan “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti joriy etildi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:
▪️ adabiyot;
▪️ madaniy meros;
▪️ teatr va kino;
▪️ musiqa va raqs;
▪️ tasviriy va amaliy san’at;
▪️ moda va dizayn;
▪️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi 1-martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
"Yevroosiyo" xalqaro mukofotining taqdirlash marosimi — video