Mudofaa vazirligi Call-markazni ishga tushirdi: undan qanday ma’lumot olish mumkin

Call-markazga kelib tushgan murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi va murojaatchilar shaxsi sir saqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Mudofaa vazirligi fuqarolar murojaatlarini tezkor qabul qilish maqsadida maxsus Call-markazni ishga tushirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Call-markazga 1530 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Fuqarolar Call-markazga murojaat qilish orqali:
– muddatli va safarbarlik chaqiruvlari bilan bog‘liq savollar;
– ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash, tibbiyot sohasidagi savollar;
– kadrlar masalasi va mudofaa sohasida taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha qabul qilingan murojaatlarga javob olishadi.
Barcha murojaatlar qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi va korrupsiya yoki boshqa nojo‘ya holatlar yuzasidan bildirilgan xabarlar asosida tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Call-markaz orqali murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari, murojaat mazmuni va barcha tafsilotlar maxfiy saqlanadi.
Endi DXX bilan qisqa raqamlar orqali bog‘lanish mumkin — qanday murojaatlar qabul qilinadi?