Shavkat Mirziyoyev Qatardagi Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon sammitida ishtirok etadi

Davlat rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qatarga boradi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3–4 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Dohada bo‘ladi. Davlat rahbari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit doirasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi tafovutlarni bartaraf etish, Kopengagen deklaratsiyasiga sodiqlik va 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Hamkorlikni mustahkamlash, milliy strategiyalarni takomillashtirish, ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama markazida bo‘ladi.
Sammit davlatlar, xalqaro tashkilotlar, BMT tizimi, ekspertlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqot uchun muhim platforma hisoblanadi.
Forumning asosiy maqsadi — qashshoqlikni kamaytirish, to‘liq bandlikka ko‘maklashish, munosib mehnat sharoiti yaratish va ijtimoiy integratsiyani kengaytirish.
Tadbir yakunida ijtimoiy taraqqiyot sohasida xalqaro sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan Doha deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Laziz Kudratov qatarlik investorlar bilan uchrashdi — nimalarga kelishib olindi?