Yangi tartib: strategik hujjatlar konsepsiya, strategiya va dasturlarga bo‘lindi

Strategik rejalashtirish sohadasigi boshqaruv tizimi ham qayta tashkil etilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimi yangilanib, hujjatlar miqyosi va huquqiy maqomiga ko‘ra uch toifaga ajratildi: konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tartib prezidentning “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlandi. Hujjat 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan.
Yangilangan tizimga ko‘ra:
1-darajali hujjatlar — konsepsiyalar, 7-yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, qonunlar bilan tasdiqlanadi;
2-darajali hujjatlar — strategiyalar, 4–7 yilgacha tayyorlanib, prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi;
3-darajali hujjatlar — dasturlar, 1–3 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilanib, prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra strategik rejalashtirish sohasida boshqaruv tizimi ham qayta tashkil etilmoqda
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash — endi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi;
Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi — endilikda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining strategik rejalashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, 1- va 2-darajali hujjatlar loyihalarini maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqib, ma’qullangan holda Prezidentga kiritadi.
Hokimiyat organlarida boshqaruv shtatlari maqbullashtiriladi — yangi qonun