TOShKENT, 2 noya – Sputnik. O‘zbekistonda qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Senat tegishli qonun loyihasini ma’qulladi.
Hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“gi va “Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonun larga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, qurilish oynalaridan foydalanish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda.
Shuningdek, ayrim qonunlarda Milliy statistika qo‘mitasining nomi va huquqiy maqomini yangilashga doir o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlar qonunning qabul qilinishi qurilish oynasi sanoatini rivojlantirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu chora atrof-muhit hamda fuqarolar sog‘lig‘ini himoya qilish va chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirishga qaratilgani qayd etildi.