TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Belarus YuNESKO ishini siyosiylashtirishga qarshi. Bu haqda Belarus delegatsiyasi rahbari Yuriy Ambrazevich Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Biz YuNESKO ishini siyosiylashtirishga va ushbu minbardan hisob-kitoblarni amalga oshirishga qarshimiz. Shu bilan birga, biz har qanday kelishmovchiliklarni ikki tomonlama teng sharoitlarda muhokama qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi Yuriy Ambrazevich.
Shuningdek, u qator G‘arb mamlakatlari tomonidan YuNESKO standartlariga zid ravishda, Belarus jurnalistlariga nisbatan kamsitish, Belarus fuqarolarining harakat erkinligini cheklash kabi choralar qo‘llanilayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Belarus vakili Ikkinchi Jahon urushi natijalarini siyosiy manfaatlar yo‘lida buzib ko‘rsatishni — qabul qilish mumkin emasligini e’lon qildi va YuNESKOni Ikkinchi Jahon urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlashga chaqirdi
Glava delegatsii Respubliki Belarus Yuriy Ambrazevich na 43-y sessii Generalnoy konferensii YuNESKO v Samarkande.
© Sputnik
"Belarus Respublikasi Ikkinchi Jahon urushi haqidagi tarixiy haqiqatni saqlash va tarqatish, shuningdek, ozod qiluvchilar va qurbonlar uchun dafn etilgan joylar va yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash YuNESKO ishining doimiy diqqat markazida bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi", deb ta’kidladi Ambrazevich.
U Sovet Ittifoqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hal qiluvchi hissasini, SSSR xalqlarining qurbonliklarini unutib bo‘lmasligini ta’kidladi.