TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiya tomonidan ozod qilingan hudud orqali qurshovda qolgan ukrainalik harbiy xizmatchilarga kirishga urinishni taqiqlash haqidagi bayonot Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Krasnoarmeysk, Dimitrov va Kupanskdagi qoldiqlari uchun halokatli vaziyatning rasmiy e’tirofi bo‘ldi. Bu fikrni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov o‘z chiqishida bildirdi.
Bunday bayonot Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Georgiy Tixiy tomonidan berilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, shu bayonot orqali Ukraina TIV vakili jurnalistlar yoki Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining qurshovdagi hududlarga kirishi yoki chiqishi uchun Rossiyaning xavfsizlik yo‘laklaridan boshqa hech qanday imkoniyat qolmaganini tan oldi.
Konashenkovning ta’kidlashicha, Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan yo‘laklar orqali jurnalistlarning ushbu hududlarga kirishini taqiqlash Kiyev rejimiga frontdagi haqiqiy vaziyatni yashirish, xalqaro jamoatchilik va Ukraina aholisini chalg‘itish imkonini beradi.
“Bu harakatlarning asosiy maqsadi — Kiyev rejimining yuqori rahbariyati tomonidan G‘arb homiylari ajratayotgan, Rossiyaga qarshi urushga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘larni o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlarni saqlab qolish”, — dedi Konashenkov.
Kecha Rossiya harbiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus harbiy operatsiya hududida UQK qurshovga olingan joylarga xorijlik jurnalistlarni o‘tkazish buyrug‘ini olishdi. Rossiya qo‘mondonligi zarur holatlarda ushbu hududlarda jangovar harakatlarni 5-6 soatga to‘xtatib turishga tayyor.