TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida barqaror rivojlanib borayotgan ijobiy sur’atlar muhokama qilindi.
Saidov Vengriyaning O‘zbekistonni doimiy qo‘llab-quvvatlayotganini hamda ikki va ko‘p tomonlama formatlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni yuksak baholashini ta’kidladi.