Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Senatorlar energiyasi behuda sarflashga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish kerakligini ta’kidlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Jinoyat kodeksida elektr, issiqlik energiyasidan, gaz va suv o‘tkazgichdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan qonun maqullandi.
Qonun muhokamasi davomida gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflashga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi.
Qonun bilan elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tadbirkorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish va jazo ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.
Eslatamiz, O‘zbekistonda elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilangan. Mazkur huquqbuzarlik uchun 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Kuz-qish mavsumida elektr va gaz tariflari oshirilmaydi — energetika vaziri