O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 47 ta maishiy chiqindi poligoni yopildi

Poligonlarni yopish ishlari “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida, ular sonini kamida 50 foizga qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2024–2025 yillar davomida 47 ta maishiy chiqindi poligonida rekultivatsiya ishlari olib borilib, tuproq qatlamlari bilan yopildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Maishiy chiqindi poligonlarini qisqartirish va ularni rekultivatsiya qilish bo‘yicha ishlar Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda
Hususan, 2024-yildagi yopilgan poligonlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 ta (11 gektar);
Andijon — 6 ta (14,9 ga);
Buxoro — 1 ta (0,5 ga);
Qashqadaryo — 5 ta (19,15 ga);
Namangan — 3 ta (5,38 ga);
Samarqand — 1 ta (2,4 ga);
Toshkent — 3 ta (9,58 ga);
Farg‘ona — 6 ta (17,11 ga);
Xorazm — 1 ta (1 ga).
2025 yilda respublika miqyosida yana 18 ta chiqindi poligonida (81,68 gektar maydonda) rekultivatsiya va tuproq qatlamlari bilan yopish ishlari to‘liq yakunlandi.
Jami hisobda 185 ta (1 446,04 gektar) maishiy chiqindi poligonidan 47 tasida to‘liq rekultivatsiya qilindi. Shu bilan birga, 42 ta chiqindi to‘plash poligoni faoliyati tugatilib, 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarildi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda agentlik huzuridagi direksiya balansiga jami 185 ta maishiy chiqindi poligoni o‘tkazilgan.
Bu ishlar “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan maqsad — maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich yopish va ular sonini kamida 50 foizga qisqartirish vazifalarini amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi