O‘zbekiston–Serbiya biznes-forumi: qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin

Biznes-forumda savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchichning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston–Serbiya biznes-forumi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda davlat tuzilmalari vakillari hamda ikki mamlakatdan 100 nafardan ortiq tadbirkor qatnashdi.

Forum doirasida o‘tgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning 50ta dan ortiq kompaniyasi farmatsevtika, kimyo, konchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va charm sanoati sohalaridagi mahsulotlarini namoyish etdi.

V Tashkente proshel Uzbeksko-serbskiy biznes-forum.
Shuningdek, qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Forum yakunida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Serbiya–O‘zbekiston: Qo‘shma deklaratsiya va o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi