TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident majmuadagi so‘nggi pardozlash ishlari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Mo‘’tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Samarkand dlya uchastiya v 43-y sessii Generalnoy konferensii YuNESKO
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ziyoratgoh atrofida bitta to‘rt yulduzli, ikkita uch yulduzli va 22 ta oilaviy uy mehmonxonalari tashkil etildi.
Davlat rahbari mamjua faoliyatini sifatli tashkil etish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ezgu niyatlar bilan majmua hududiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.