TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YuNESKO Bosh konferensiyasida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan samarali va mazmunli muzokaralar olib borildi.
Muloqot chog‘ida mintaqalararo transport bog‘liqligini kuchaytirish, hududlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, madaniyat va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.