Toshkentda MDH qurilish sohasida hamkorlik yig‘ilishi: nimalar muhokama qilinmoqda?

Yig‘ilishda MDHda qurilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, normativ hujjatlarni uyg‘unlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhokama etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkentda MDH mamlakatlarining qurilish sohasida hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo kengashning 46-yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anjumanda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjonning vakolatli idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda muhokama qilinyotgan asosiy yo‘nalishlar:
qurilish sohasida barqaror hamkorlikni kuchaytirish;
normativ-huquqiy hujjatlarni uyg‘unlashtirish;
innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish;
seysmik va iqlim xususiyatlarini hisobga olgan standartlar yangilanishi;
malaka oshirish va sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.
Zasedanie Mejpravitelstvennogo soveta po sotrudnichestvu v sfere stroitelstva stran SNG

MDH bosh kotibi o‘rinbosari va boshqa davlatlar vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadilar.

MDH Hukumatlararo kengashi 1994-yil tuzilgan bitim asosida faoliyat yuritadi. Kengashning asosiy vazifalariga sohadagi umumiy siyosatni ishlab chiqish va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish kiradi.
MDHda noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rish haqida kelishib olindi