Maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun Gersen universiteti bilan hamkorlikda kurs boshlandi

O‘zbekistonda Gersen universiteti bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun yangi kurs boshlandi
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Mittivoy” loyihasi doirasida yangi o‘quv kursiga start berildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur kurs “Maktabgacha ta’limning sog‘lom rivojlanish muhitida kognitiv salohiyatni rivojlantirish hamda matematik tushunchalarni shakllantirish usullari va texnologiyalari” mavzusida o‘tkazilmoqda.
Kurs mashg‘ulotlarini A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari olib bormoqda.
Unda respublika bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 100 nafar direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
Nodavlat bog‘chalardagi muhtoj oila farzandlarining to‘lovi qisman qoplab beriladi