TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya yozadi O‘zA.
Vazirga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
Gaz va elektr energiyasiga yangi tariflar 1-maydan kuchga kirgan edi. 1-maydan elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshirilgan.
Hukumatning mart oyidagi qarori bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba, yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10% dan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi belgilangan.