Toshkent viloyati shifokorlari Moskvada malaka oshiradi

Toshkent viloyatining neonatolog va akusher-ginekologlari Moskvaga borib, erta tug‘ilgan va tug‘ma kasallikka chalingan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Moskva viloyati bilan imzolangan manzilli memorandum doirasida Toshkent viloyati tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi tajriba almashish maqsadida Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar hamkorlik doirasida Moskvadagi nufuzli tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishib, tajriba almashishadi.

Ular erta tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashning innovatsion usullari, tug‘ma kasallikka chalingan kam vaznli chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha malaka oshirishadi.

O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Bekobod, Angren, Olmaliq, Nurafshon shaharlari hamda Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Qibray va Ohangaron tumanlaridan neonatolog va akusher-ginekolog shifokorlar ishtirok etmoqda.
Tibbiyot sohasidagi mazkur hamkorlik dasturi joriy yilning 8-noyabrigacha davom etadi.
Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi