Toshkentda 174 ta daraxt noqonuniy kesildi

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar 1 milliard 460 million 952 ming so‘mga baholanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan 174 tup daraxt va buta noqonuniy kesilgan.
Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirlardan so‘ng Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish orqali tasdiqlandi.
Holat yuzasidan qonunchilik talablariga muvofiq bayonnomalar rasmiylashtirilib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar 1 milliard 460 million 952 ming so‘m deb baholandi. To‘plangan hujjatlar prokurtura organlariga yuborildi.
Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan nazoratga oldi. Shuningdek, kesilgan daraxtlar o‘rniga 62,1 ming dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 30-dekabrdagi prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga joriy etilgan moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Toshkent ekologiyasi: gaz tozalash uskunalari, havo monitoringi, ko‘mirdan voz kechish rejasi