Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Pushilin: Rossiya harbiylari DXRdagi Krasnoarmeyskning katta qismini nazorat qilmoqda

Shaharda hozir shiddatli janglar davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Krasnoarmeyskning katta qismini nazorat qilmoqda. Bu haqda respublika rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.

“Shiddatli janglar davom etayotgan Krasnoarmeyskning o‘zi, allaqachon uning katta qismi Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.

Bu shahar – Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk Xalq Respublikasidagi eng muhim logistika yo‘llaridan biri. Uni ozod qilish Rossiya armiyasiga DXRning g‘arbiy chegaralariga chiqishga va Zaporojye viloyatida hujumni davom ettirishga imkon beradi.
Kuni kecha Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga “Markaz” guruhi dushmanni Krasnoarmeysk va Dimitrovo hududida qurshab olishni yakunlaganini ma’lum qilgan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
DXRda ko‘proq xorijlik yollanma askarlar yo‘q qilinmoqda – rossiyalik jangchi