Erkin kurashchi Poyonov jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi -92 kg vazn toifasidagi bellashuv finalida ukrainalik raqibi ustidan zafar quchdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Serbiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 jahon chempionatida O‘zbekiston yana bir medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, erkin kurashchi Sherzod Poyonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Poyonov -92 kg vazn toifasidagi bellashuv finalida ukrainalik raqibi ustidan zafar quchdi.
Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati 27-oktabrga qadar davom etadi.
Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashchilar kumush va bronza medal oldi