Nodavlat bog‘chalardagi muhtoj oila farzandlarining to‘lovi qisman qoplab beriladi

Endi "Kambag‘al oilalar reyestri"dagi oilalarning farzandlari oilaviy bog‘chalarga borsa, ota-onalar to‘lovining 40% qismi davlat hisobidan qoplanadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekistonda “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, to‘lovning bir qismi qoplab beriladigan oila bolalari ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Bunda oilaviy MTTga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.
Pullar bog‘chaga haqiqatda qatnayotgan ehtiyojmand oila farzandlari sonidan kelib chiqib, MTT uchun belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi.
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 5-yilgacha imtiyozli kredit beriladi — yangi qonun