TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan berilgan zarba oqibatida Belgorod suv ombori to‘g‘oniga zarar yetdi. Bu haqda Belgorod gubernatori Vacheslav Gladkov ma’lum qildi.
"Dushman yana bir zarba berishga urinib, to‘g‘onni buzishi mumkinligini tushunamiz. Agar bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Xarkov viloyati tomonidagi tekislikdagi 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan aholi punktlarini suv bosishi xavfi tug‘iladi", dedi gubernator.
Viloyat rahbariyati suv toshqini xavfi ostida bo‘lgan va boshqa uy-joy imkoniyatlariga ega bo‘lmagan mintaqa aholisiga Belgoroddagi vaqtinchalik yashash markazlariga ko‘chib o‘tish imkoniyatini taklif qila boshladi.
O‘tgan tunda Ukraina qurolli kuchlari Belgorod viloyatiga 140 qa yaqin dronlar bilan hujum qildi. Hujumlar oqibatida bir necha tinch aholi turar joylari va suv ombori to‘g‘oni shikastlandi. To‘rt nafar tinch aholi jarohatlanib tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Bugun tongda Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Rossiyadagi tinch aholi obyektlariga uyushtirgan teraktlariga javoban Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi energetika infratuzilmasiga zarba berdi. Belgilangan barcha nishonlar yakson qilindi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.