Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi

Toshkent hokimi, IIV rahbariyati IIB yangi binosi va bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida yangi ma’muriy bino va uning atrofida joylashgan “Tinchlik” bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi
Marosimda ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar hokimi, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, shuningdek soha faxriylari bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Faxriylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, yangi binoga rasman faoliyat boshlandi. Yangi inshootda zamonaviy “Vaziyatlar markazi”, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xonalari, oshxona va yotoqxona, avtotransport vositalarini saqlash binolari barcha zarur texnik vositalar bilan jihozlangan.
Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi
Marosimda so‘z olganlar ushbu zamonaviy binoda ishlar xodimlari aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini qayd etishdi.
Tashrif ishtirokchilari xizmat xonalaridagi raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro integratsiyalashuv imkoniyatlari bilan ham tanishdilar. Bu yangiliklar sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylarda ham katta taassurot qoldirdi.
Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi
"Tinchlik" bog‘i — Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish g‘oyasi asosida barpo etilgan. U yerda ichki ishlar tizimi sohaviy xizmatlarining ramzlari, “Faxriylar choyxonasi” hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ham barpo etilgan.
Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi
Tashrif ishtirokchilari yodgorlikka gulchambar qo‘yib, mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat ifodasini bildirdilar.
Toshkentda yangi IIB binosi va bog‘ ochildi
Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr O‘zbekistonda Ichki shlar xodimlarining kasb bayrami hisoblanadi. Ushbu bayram 2017-yildan boshlab nishonlab kelinmoqda. Bu sana tasodifiy emas, balki Ichki ishlar vazirligining 1918-yil 25-oktabrda tashkil etilganligi bilan bog‘liq.
Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi