TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida navbatdagi medallarga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
23 oktabr kuni o‘tkazilgan yengil atletika bellashuvlarida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchilar:
Oltin medal:
Nazmina Rahimjonova (1500 metr)
Kumush medal:
Muhammadaziz Nosirov (bosqon uloqtirish)
Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash)
Bronza medal:
Shodiyona Rahmonova (100 metrga to‘siqlar osha)
Bugun navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar boks, muay-tay, aralash jang san’ati turlari, taekvondo WT, yengil atletika, voleybol, futzal, gandbol, velosport va ot sporti bo‘yicha bahs olib borishadi.