Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari o‘quv lagerini yo‘q qildi

Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidagi boshqa nishonlarga ham zarba bergan.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining tungi zarbasi natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining Kiyev viloyati Borispol shahridagi o‘quv lageri yo‘q qilindi, deb xabar berdi RIA Novosti Nikolayev yashirin xizmati koordinatori Sergey Lebedev so‘zlariga tayanib.

"Borispolda soat 5:18 da aeroport yaqinidagi UQKning 100 kishilik o‘quv lageri yo‘q qilindi. O‘nga yaqin harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 17 nafari tez yordam mashinasida olib ketilgan", - dedi u.

Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidagi boshqa nishonlarga ham zarba bergan. Xususan, NATO mamlakatlaridan kelgan ofitserlar bilan birgalikda faoliyat yuritgan shtab bunkeri va Julyana aeroporti yaqinidagi dron dvigatellari ishlab chiqarilgan sexga ham zarbalar berilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari havo, dengiz va quruqlikdagi yuqori aniqlikdagi qurollar, shuningdek, dronlar bilan faqat dushmanning harbiy obyektlari va korxonalariga zarba bermoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Novopavlovka yaqinida Rossiya armiyasi Ukraina mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi