O‘zbekiston va YeOII

Mishustin: Rossiya YeOII, MDH, BRIKS va ShHT bozorlariga eksportni kengaytirmoqda

Rossiya eksport siyosatida ustuvor yo‘nalishni boshqa istiqbolli bozorlarga, jumladan, YeOII mamlakatlariga qaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya tashqi savdo va eksport siyosatini qayta yo‘naltirib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), MDH, BRIKS va ShHT kabi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga chiqishni kengaytirmoqda.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin "Sdelano v Rossii" xalqaro eksport forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"So‘nggi to‘rt yilda ushbu yo‘nalishlarda eksport hajmi barqaror oshib bormoqda. Agar 2021-yilda u umumiy hajmda atigi 44 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 85 foizdan oshdi. Joriy yilda ham bu tendensiya davom etmoqda", - dedi Mishustin.

Bosh vazir, shuningdek, Rossiyaning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi izchil kengayib borayotganini ta’kidladi.
Avvalroq global chaqiriqlarni yengib o‘tish uchun YeOII yagona transport-logistika makonini shakllantirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq uchta ustuvor yo‘nalishga e’tibor qaratmoqda: tovarlarning to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash, transport tizimining samaradorligi va o‘zaro bog‘liqligini oshirish, transport xizmatlarining umumiy bozorini yaratish.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari YaIM 4,4 foizga o‘sdi – Mishustin