O‘zbekiston mudofaa vaziri Samarqandda markaziy osiyolik hamkasblari bilan uchrashdi

Xalmuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda harbiy hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama etildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedov Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatlar chog‘ida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvlarda tomonlar mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasida ishonchli va barqaror hamkorlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvlarga erishdilar.
Mirziyoyev: MDH xavfsizlik organlari harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak