Tanzila Narbayeva Jenevada ayollar huquqi va mehnat masalalarini muhokama qildi

Parlamentlararo ittifoq assambleyasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchrashuvlar o‘tkazdi. Delegatsiya ayollar forumida qatnashdi hamda XMT bilan mehnat va ijtimoiy himoya masalalarini muhokama qildi
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Jenevada bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasida ishtirok etmoqda.
Assambleya doirasida delegatsiya a’zolari “Birdamlik va ilhom: ayollarni o‘z yo‘lida qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi Parlament ayol a’zolari forumida qatnashdi. Tadbirda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan global tashabbuslar muhokama qilindi.

Tanzila Narbayeva o‘z chiqishida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) O‘zbekiston bo‘yicha katta koordinatori Yuriy Shterk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya parlamenta prinyala uchastie v jenskom forume i vstreche s koordinatorom MOT
Suhbatda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, munosib mehnat standartlarini joriy etish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va qonunlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shterk prezident Shavkat Mirziyoyev belgilagan vazifalar XMT uchun ham dolzarb ekanini qayd etib, amaliy hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Munosib mehnat dasturi” loyihasi ishlab chiqilayotgani va uning Toshkentda XMT ekspertlari ishtirokida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi
Narbayeva Jenevada mintaqaviy barqarorlik va islohotlarni muhokama qildi