Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Tashrif chog‘ida prezident zallarda amalga oshirilayotgan pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr islamskoy sivilizatsii
Ta’kidlanishicha, markaz qadimiy me’moriy an’analar va milliy bezaklar uyg‘unligida barpo etildi. Inshootning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.
Inshootning markaziy qismida Qur’oni karim zali joylashgan. Bu yerda musulmon olamining noyob ma’naviy durdonasi sanalgan qadimiy Usmon Mushafi namoyish etiladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, temuriylar va boshqa sulolalar davriga oid muqaddas kitob nusxalari, ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari, shu bilan birga, jahondagi eng nodir qo‘lozma Qur’onlardan namunalar ham joy oladi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Markaz tarkibida 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazilgan bo‘lib, xalqaro miqyosdagi uchrashuv va ilmiy anjumanlarni o‘tkazish uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan.
Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans”, “O‘zbekiston XX asrda” hamda “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” bo‘limlari tashkil etilgan. Bu yerda buyuk allomalar faoliyati haqida ma’lumotlar, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulamolar merosi ham keng yoritilgan.
Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr islamskoy sivilizatsii
Davlat rahbari doimo markazning ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishini samarali tashkil etish, uning mazmun-mohiyatini boyitib borish zarurligini alohida ta’kidlaydi. Bu borada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.
Tashrif chog‘ida prezident zallarda amalga oshirilayotgan pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, bo‘limlar va ko‘rgazmalarning mazmun-mohiyati, qo‘llanilayotgan interfaol texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Davlat rahbari eksponatlarni mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga har tomonlama qiziqarli hamda tushunarli qilib taqdim etish muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda markazda faoliyat yuritadigan mutaxassis va gidlarning sonini ko‘paytirish, ularni maxsus dasturlar asosida tayyorlash zarurligiga e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr islamskoy sivilizatsii
Markaz faoliyatini mazmunan yanada boyitish, ekspozitsiyalar orqali o‘zbek xalqi ma’naviy va ilmiy merosini to‘liq namoyon etish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.
Mazkur ulkan va noyob loyiha davlat rahbarining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga asosan boshlangan. Ko‘p o‘tmay, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni uning poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan edi.
Rossiya nashriyoti O‘zbekistonga ilk bosma Qur’onlardan birini hadya qildi