TOShKENT, 18 okt – Sputnik. “World Boxing” tashkiloti o‘zining birinchi reytingini e’lon qildi.
Reytingda besh yetakchi davlatlar:
Reytingda besh yetakchi davlatlar:
1.
O‘zbekiston 12 nafar bokschisi (7 erkak va 5 ayol) yigirma vazn toifasida birinchi o‘rinda;2.
Qozog‘iston 11 bokschi (6 erkak va 5 ayol) bilan ikkinchi o‘rinda;3.
Turkiya - 8 nafar bokschi (7 ayol va 1 erkak) bilan uchinchi;4.
Braziliya - 7 nafar bokschi (4 erkak va 3 ayol) bilan to‘rtinchi o‘rinni,5.
Xitoy - 6 nafar bokschi (4 ayol va 2 erkak) bilan beshinchi o‘rinni olgan.Shuningdek, Angliya, Hindiston va Yaponiya ham beshtadan kuchli bokschilarga ega.
Bu reyting “World Boxing” tashkilotining havaskor boksda tuzilgan birinchi mustaqil baholashi hisoblanadi. Reyting Parij Olimpiadasidan boshlab “World Boxing” federatsiyasi qoshida o‘tkazilgan ilk rasmiy turnirlar natijalari asosida tuzilgan. Kelgusida u Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari va litsenzion musobaqalarga yo‘llanmalarda muhim mezon bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
World Boxing tarixi
2019 yilda XOQ xalqaro boks assotsiatsiyasi - AIBAni turli ayblovlar bilan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan chetlatgan edi. 2022-yilda XOQ bir qator davlatlar bosimi ostida rossiyalik Umar Kremlov boshqargan va "Gazprom" sponsorlik qilgan tashkilotni tan olmasligini e’lon qildi.
World Boxing 2023-yil aprel oyida olti davlat — AQSh, Britaniya. Germaniya, Niderland, Shvetsiya va Filippin tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda unga 125 davlat a’zo bo‘lgan. Tashkilot rahbari niderlandlik Boris van der Vorst. Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin - World Boxing Olimpiya komissiyasi raisi.