O‘zbekistonlik yozuvchiga Rossiyaning nufuzli mukofoti topshirildi

Tanqidchilar: Roman vaqt va tarix, iymon va sivilizatsiyalar to‘qnashuvi haqidagi falsafiy konseptual asardir.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Mashhur yozuvchi Suxbat Aflatuni (Yevgeniy Abdullayev) o‘zining “Katexon” romani uchun nufuzli “Yasnaya Polyana” adabiy mukofotining “Zamonaviy rus nasri” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "God literaturi" nashri xabar berdi.
Suxbat Aflatuni (Yevgeniy Abdullayev)
Taqdirlash marosimi Moskvaning Katta teatridagi Betxoven zalida bo‘lib o‘tgan. Aflatuni yilning eng asosiy yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan va nutq so‘zlagan.
Munaqqidlarning fikricha, “Katexon” — vaqt va tarix, ishonch va sivilizatsiyalar to‘qnashuvi haqidagi falsafiy roman bo‘lib, asarda bosh qahramon Farhod va nemis ayoli Annaning taqdirlari orqali turli madaniy tafakkurlar qarama-qarshiligi yoritiladi.
Suxbat Aflatuni nutqida romanning chop etilishida ko‘mak bergan “Yelena Shubina” nashriyoti va uni yozuvchilikka undagan ijodkorlarni, jumladan, Lev Tolstoy va Aleksandr Soljenitsinni eslab o‘tdi.
“Yasnaya Polyana” — adabiyot sohasidagi eng nufuzli rus adabiy mukofotlaridan biri bo‘lib, zamonaviy adabiyotda chuqur falsafiy va insoniy g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi asarlar uchun beriladi.
Suxbat Aflatuni — O‘zbekistonlik yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos. U rus tilida ijod qiladi, asarlarida tarix, falsafa va milliy mavzularni uyg‘unlashtiradi.
Yozuvchining boshqa asarlari: “Katta baliqlar” (roman), “Yerdagi jannat” (roman), “Toshkent romani” (Roman), “Volxv sajdasi” (Roman), “Uyqusiz kaktuslar panohida” (hikoyalar to‘plami).
Suxbat Aflatuni "Katexon"