Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Peskov: Putin va Tramp uchrashuvini tashkil etish uzoqqa cho‘zilmaydi

“Budapesht sammiti” dunyo hamjamiyatini uzoq kuttirmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvini tashkil etish uzoq muddatga surilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bu umumiy tushuncha — hech narsani uzoqqa cho‘zmaslik kerak. Bu uchrashuv ham o‘zini “tokchada” kutib turolmaydi”, — dedi Peskov jurnalistlarning savoliga javoban.

Shuningdek, Peskovning qayd etishicha, suhbatning amaliy natijalari ayni paytda eng dolzarb hodisalardan biri bo‘lib, tomonlar uchrashuvga tayyorlanish ishlarini imkon qadar tezroq boshlashlari zarur deb hisoblamoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp va Putin telefon orqali 2,5 soat nimalarni muhokama qilishdi?